Bugundan Myanmada yoshlar o‘rtasidagi (U-19) Osiyo chempionati start oldi, deb xabar bermoqda Championat.asia.
Hozircha ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tailand yoshlari kutilmaganda sensatsiya ko‘rsatib, Eronni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Yana bir uchrashuvda esa Janubiy Koreya Vyetnam ustidan yirik 6:0 hisobida zafar quchdi.
Ushbu musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Ravshan Haydarov shogirdlari guruhdagi ilk uchrashuvni ertaga Indoneziyaga qarshi o‘tkazadi.
“A” guruhi: Eron — Tailand: 1:2
“C” guruhi: Janubiy Koreya — Vyetnam: 6:0
Izoh (0)