Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 3 metrli haykali o‘zining tug‘ilgan kuni − 7-oktabrda Jenevadagi Millatlar maydonida joylashgan ulkan stul monumentining singan oyog‘i o‘rnida paydo bo‘ldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Ushbu aksiya orqali art-guruh faollari Putinning tinchlikparvarlik faoliyatiga jahon hamjamiyati e’tiborini qaratib, u barcha yordamga muhtojlarni qo‘llab-quvvatlashini va insoniy yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymaslik imkoni bo‘lganda bunga yo‘l qo‘ymasligini ko‘rsatishni maqsad qilgan.
Jenevadagi Millatlar saroyi oldida joylashgan “Singan stul” monumenti usta Lui Jenev va rassom Daniel Berset ijodlarining 12 metrli mahsuli bo‘lib, tinchlik va harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun kurashga bag‘ishlab o‘rnatilgan.
Izoh (0)