Ukraina prezidenti ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Valeriy Chaliy Kiyevda yadroviy davlat maqomini qaytarish niyati yo‘qligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
“Uzoq muddatli istiqbolda Ukrainaning yadroviy davlat maqomini qo‘lga kiritishi bo‘yicha hech qanday niyati ham, rejasi ham, real imkoniyatlari ham yo‘q”, − dedi Chaliy.
Shuningdek, u Ukrainada yadroviy davlat maqomini olish imkoni bo‘lganiga qaramay hech qachon bunday maqomni olmaganini ham ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Rossiya, Qozog‘iston va Belorussiya bilan birgalikda Sobiq Ittifoq yadro arsenali merosxo‘rlaridan biri bo‘lgan. 1990-yillar boshlarida Ukraina, Qozog‘iston va Belorussiyadagi yadro qurollari kelishuvlarga binoan Rossiyaga o‘tkazilgan.
Izoh (0)