Samsung kompaniyasi oktabr oyi oxiridan Yaponiyada yangi Galaxy Note Edge planshetofonining sotuvi boshlanishi haqida e’lon qildi. Bu haqda Mail.Ru ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Note Edge ikki xil turda – 2,7 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli Snapdragon 805 yoki 1,9 GGs chastotaga ega sakkiz yadroli Exynos 5433 protsessorli turlari bilan sotuvga chiqariladi. Ularning birinchisida Adreno 420, ikkinchisida esa Mali-T760 grafika protsessorlari o‘rnatiladi. Shuningdek, smartfonda 3 Gb tezkor va 32 yoki 64 Gb ichki xotira o‘rnatilgan bo‘ladi.
Umid qilamizki, yangi innovatsiyalarga to‘la ushbu smartfon yaponiyalik xaridorlarga ma’qul keladi, deydi Samsung xodimi Tomonori Miva.
Galaxy Note Edge planshetofoni ikkita displeyli bo‘lib, uning qo‘shimcha displeyida bir qancha amallarni bajarish mumkin. Bu haqda “Parol” nashrining ushbu maqolasida o‘qishingiz mumkin.
Izoh (0)