Poytaxtimizda davom etayotgan Tashkent Challenger – 2014 xalqaro turnirining juftliklar musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan hamyurtimiz Farrux Do‘stov do‘sti moldovalik Radu Albot bilan hamkorlikda yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Bundan bir necha daqiqa avval mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Radu bilan birga avstraliyalik Ramiz Junaid hamda rossiyalik Konstantin Kravchuk juftligini 6:4, 6:3 hisobida taslim etdi. Endi ular ertaga final yo‘llanmasi uchun Frank Moser va Aleksandr Satchkoga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)