Interbrand dunyoning eng qimmatbaho yuzta kompaniyasi ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu ro‘yxatda o‘tgan yilgiga nisbatan 21% o‘sish bilan Apple kompaniyasi yetakchilik qilmoqda. Apple brendi nomi 118,8 milliard dollar deb baholangan. Apple’dan keyingi o‘rinni esa 15 foiz o‘sish bilan Google kompaniyasi egallagan. Google nomi esa 107,4 milliard dollar deya baholangan.
Microsoft brendi nomi 61,2 milliard dollar deb baholangan va u ro‘yxatda beshinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, brendi nomi 45,5 milliard dollar deb baholangan Samsung esa yettinchi o‘rinda qayd etilgan.
Facebook ijtimoiy tarmog‘i esa 86 foiz o‘sish bilan eng tez yuqorilayotgan kompaniyalar qatoridan o‘rin olgan. Facebook brendi esa 14,4 milliard deb baholangan va ushbu ro‘yxatda 29-o‘rinni egallagan.
Barcha texnologiya kompaniyalarining ro‘yxatdagi o‘rni va brendi nomi qiymati bilan esa “Parol” nashrining ushbu maqolasida tanishishingiz mumkin
Izoh (0)