Apple kompaniyasi joriy yilning 16-oktabr kuni yana bir tadbir o‘tkazadi. Bu haqda Mashable ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Taxminlarga ko‘ra, ushbu tadbirda yangi iPad Air 2 va iPad mini 3 planshetlari taqdim etiladi. Avvalroq ham 16-oktabr kuni Apple’ning yangi planshetlari taqdim etilishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Yangi panshetlarda xuddi iPhone 6 smartfonlaridagi kabi Apple A8 protsessori, ilk marotaba TouchID – barmoq izi sensori o‘rnatilishi mumkin. Shuningdek, birinchi marotaba iPad planshetlarining tillarangli turi ham ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Apple kattaroq – 12,9 dyuym displeyli planshet ishlab chiqarishi haqida ham 16-oktabr kuni e’lon qilishi taxmin qilinmoqda. Tadbirda Mac kompyuterlari uchun OS X operatsion tizimining yangi Yosemite versiyasi ham taqdim etilishi kutilmoqda.
Izoh (0)