Facebook’dagi “Obshestvenniy kontrol” (“Jamoatchilik nazorati”) guruhida Toshkent shahrining Bektemir tumani hududida yo‘l harakatini kompyuter orqali nazorat qilish tizimi o‘rnatilayotgani, shu sababli yo‘llar qazilgani haqida xabar berilgan, deb yozadi Uz24.uz.
Guvohning so‘zlariga ko‘ra, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi Tolariq bekati (Qo‘yliq) oldida chuqur qazilgan. Bu yo‘nalishda haddan tashqari ko‘p avtomobillar harakatlanishi sababli ulkan tirbandlik yuzaga kelgan. Hatto bir yuk mashinasi qazilgan chuqurga tiqilib qolgan.
Muhokamaning ko‘plab ishtirokchilari tirbandlikda 45 daqiqagacha turib qolganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)