Qarshi shahrining O‘zbekiston va Mustaqillik ko‘chalari kesishgan nuqtasida yangi kurant qurilishi davom etmoqda. Uni “Yakkabog‘ qo‘rg‘oni” injiniring kompaniyasi bunyodkorlari barpo etishmoqda, deb xabar bermoqda Uz24.
“Qashqadaryo” gazetasining xabar berishicha, kurant 12 metr diametrdagi aylana o‘rtasida joylashadi va undagi soatni to‘rt tomondan ham ko‘rish imkoni bo‘ladi. Kurant binosi 3,7×3,7 metr o‘lchamda bo‘ladi va balandligi 29,5 metrni tashkil etadi.
“Avvalgi kurant bir necha yillardan buyon ishlamay, quruq savlat bo‘lib turgani bois o‘rniga yangi, hashamatlisi qurilmoqda. Ayni paytda bu yerda tuproq ishlari davom etyapti”, − deyiladi xabarda.
Izoh (0)