“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “Jamiyat va oila: ma’naviy va axloqiy olam” mavzusida ijtimoiy so‘rov o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Tadqiqot natijalari oilaning asosiy vazifasi barkamol shaxsni tarbiyalashdan iborat ekanini yana bir bor tasdiqlamoqda. So‘rov ishtirokchilarining 61,4 foizi shunday fikr bildirdi.
So‘rovga ko‘ra, turmush qurayotgan yigit-qizlarning yoshi barkamol oilani shakllantirishda muhim omil bo‘lib qolmoqda. Ishtirokchilarning fikricha, yigitlar 25-26 va qizlar 21-23 yoshda turmush qurishi eng maqbul yoshdir.
Ayni paytda aksariyat fuqarolar yoshlar oila qurishgacha kasb-hunar egallashi shart, degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Ishtirokchilarning 94,4 foizi yigit va qizlarning majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi muhimligini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, tadqiqotning asosiy maqsadi oila va nikoh masalasida jamoatchilik fikrida mustahkam shakllangan muhim tendensiyalarni, O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy maqsad va yo‘nalishlari tizimini aniqlashdan iborat bo‘ldi.
Izoh (0)