O‘zbekiston milliy terma jamoasining Dubay shahridagi yig‘iniga xorij chempionatlarida to‘p suruvchi bir qator futbolchi kelib qo‘shildi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qatar terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv uchun chaqirilgan futbolchilar qatoriga olti nafar legioner — Server Jeparov (“Seongnam”, Janubiy Koreya), Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay”, Xitoy), Azizbek Haydarov (“Ash Shabob”, BAA), Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya), Temur Kapadze (“Aktobe”, Qozog‘iston) hamda Sanjar Tursunov (“Vorskla”, Ukraina) kelib qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, BAAdagi yig‘in davomida milliy terma jamoa Bahrayn (10-oktabr) va BAA (14-oktabr) milliy terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
BAAdagi yig‘inda ishtirok etayotgan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”), Akbar To‘rayev (“Bunyodkor”).
Himoyachilar: Shavkat Mullajonov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Bobur Yo‘ldoshev, Salim Mustafoyev (barchasi “Lokomotiv”), Akmal Shorahmedov (“Bunyodkor”), Yegor Krimets (“Paxtakor”), Shuxrat Muhammadiyev (“Nasaf”), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy).
Yarim himoyachilar: Fozil Musayev (“Lokomotiv”), Vladimir Kozak, Jamshid Iskandarov (ikkalasi “Paxtakor”), Farrux Sayfiyev (“Nasaf”), Sardor Rashidov, Javlon Ibrohimov (ikkalasi “Bunyodkor”), Server Jeparov (“Seongnam”, J.Koreya), Azizbek Haydarov (“Ash Shabob”, BAA), Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya), Sanjar Tursunov (“Vorskla”, Ukraina), Temur Kapadze (“Aktobe”, Qozog‘iston)
Hujumchilar: Vohid Shodiyev (“Bunyodkor”), Navro‘z Olimov (“Qizilqum”), Igor Sergeyev (“Paxtakor”).
Izoh (0)