“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chemponatlarining eng yaxshi to‘purariga atalgan sovrinni “Santyago Bernabeu” stadionida qabul qilib olishi mumkin. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
La-liga rahbariyati Primeraning 9-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Real Madrid” — “Barselona” o‘rtasidagi o‘yin paytida Messini taqdirlashni mo‘ljallamoqda. Leo rekordni yangilashi uchun ungacha yana uchta gol urishi lozim. Rekord “Atletik” hujumchisi Telmo Sarraga tegishli bo‘lib, u Ispaniya chempionatida 251 ta gol urgan.
“Biz nima uchun Messini ‘Santyago Bernabeu’da taqdirlamasligimiz kerak? U bunga munosib, biz bu yo‘nalishda nimadir qilishimiz kerak”, — dedi Ispaniya professional futbol ligasi prezidenti Xavyer Tebas.
Eslatib o‘tamiz, “Real” va “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)