The Verge nashrining o‘quvchilari iPhone 6 smartfonlarining bukiluvchanligi tasvirlangan yangi reklama bannerlari paydo bo‘lganligini ma’lum qilishdi. Bu haqda “Parol” nashri xabar berdi.
Quyidagi surat AQShning Janubiy Karolina shtatida olingan. Yuqoridagi reklama banneri esa qayerda joylashganligi haqida xabar berilmagan. Ushbu reklama bannerlari odatdagi reklama joylarida ilingan. Ammo binoning yoki reklama o‘rnining doira shaklda ekanligi yangi smartfonning bukiluvchanligini tasvirlagandek bo‘lib qolgan.
Avvalroq ham texnik sabablar bilan Apple iPhone 6 smartfonlarining bukiluvchanligi tasvirlangan reklama bannerlari paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)