6-oktabr, dushanba kuni tongda “Fanfon” to‘foni shiddat bilan Yaponiya qirg‘oqlariga kelib urildi. Tabiiy hodisaning birinchi zarbasi Sidzuoke prefekturasidagi Xamamatsu shahriga berildi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Yaponiya hukumati Sidzuoke bilan bir vaqtda Ayti, Mie, Yamanasi, Tiba va Kanagava prefekturalarida istiqomat qiluvchi aholi — jami ikki million kishiga boshqa joyga ko‘chishni tavsiya etmoqda.
To‘fon kuchli yomg‘ir va tezligi vaqti-vaqti bilan soniyasiga 45 metrgacha yetuvchi shiddatli shamol bilan davom etmoqda. sohil bo‘yida to‘lqinlar 11 metr balandlikkacha ko‘tarilmoqda.
Kuchli yomg‘ir Yaponiya poytaxti Tokioda ham kuzatilmoqda. Hukumat bu yerda suv toshqini va yer o‘pirilishi kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Poytaxt aeroportidan amalga oshiriladigan 600 dan ziyod reys bekor qilindi. Tezyurar temiryo‘l poyezdlari harakati ayrim hududlarda to‘xtatildi.
Kamida olti kishi, shu jumladan, uch nafar amerikalik harbiy mazkur tabiiy hodisa qurbonlariga aylandi. Bundan tashqari, to‘fon natijasida 20 kishi jabrlangan.
Izoh (0)