Ispaniya ligasi “Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrikeni sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb tan oldi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Kataloniyaliklar mavsumni juda yaxshi boshladi. Ular mavsumdagi dastlabki yetti o‘yinda birorta ham gol o‘tkazib yubormagan ilk jamoa bo‘ldi. “Barselona” mazkur yetti o‘yinda olti bor g‘alaba qozonib, “Malaga” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Ayni damda 44 yoshli murabbiy Luis Enrike qo‘l ostida birorta ham gol o‘tkazib yubormagan “Barselona” turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, 4-oktabrda o‘tkazilgan 7-tur o‘yinida ham “Barselona” omadli yurishni davom ettirib, “Rayo Valyekano”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan.
Izoh (0)