Samsung’ning Galaxy Note 4 planshetofoni ayrim davlatlarda sotila boshlandi. Shu bois kompaniya ushbu gadjetining yana bir reklama-roligini taqdim etdi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Videorolikda Galaxy Note 4’ning to‘rtta asosiy xususiyati tasvirlangan:
- Displey – 5,7 dyuym 1440×2560 pikselli Super AMOLED;
- Orqa kamera – Smart OIS’ga ega 16 megapikselli;
- Old kamera – 3,7 megapikselli va keng burchak ostida suratga oladi;
- Batareya – Galaxy Note 3’ga nisbatan 30 foiz tezroq quvvatlanadi.
Shuningdek, Samsung kompaniyasi Galaxy Note 4 planshetofoni buklanuvchan emasligini sinovdan o‘tkazib ko‘rgan videoni esa “Parol” nashrining ushbu maqolasida tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh (0)