Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli FIDE Gran-Prisi davom etmoqda. Kecha musobaqada 4-tur partiyalari o‘ynaldi. Turnirda ishtirok etayotgan O‘zbekiston grossmeysteri Rustam Qosimjonov oq donalarda Pyotr Svidler bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oldi, deb xabar beradi “Olamsport”.
To‘rtinchi uchrashuvida ham Rustam Qosimjonov durangga imzo chekdi: tomonlar 45-yurishdan so‘ng, murosaga keldi. Bugun turnirda dam olish kuni deb e’lon qilingan.
Ikki ochkoga ega bo‘lib turgan Rustam Qosimjonov ertaga o‘tkaziladigan 5-turda o‘zi singari ikki ochkoga ega rossiyalik Sergey Karyakin bilan hisob-kitob qiladi.
4-tur natijalari:
Karuana — Mamadiyarov 1-0, Dominges — Gelfand, Qosimjonov — Svidler, Grishchuk — Nakamura, Tomashevskiy — Karyakin, Andreykin — Rajabov partiyalarida durang natija qayd etildi.Turnir jadvalidagi holat:
1-2. Karuana, Gelfand — 3;
3-4. Nakamura, Svidler –2,5;
5-8. Karyakin, Qosimjonov, Rajabov, Tomashevskiy — 2;
9-10. Grishchuk, Dominges — 1,5;
11-12. Mamadiyarov, Andreykin — 1.
Ertaga o‘tkaziladigan 5-tur juftliklari:
Rajabov — Karuana, Gelfand — Tomashevskiy, Nakamura — Dominges, Svidler — Andreykin, Karyakin — Qosimjonov, Mamadiyarov — Grishchuk.Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik shaxmatchi Gran-Prining birinchi va ikkinchi turlarida ham durang natija qayd etgan edi.
Izoh (0)