“Chto? Gde? Kogda?” o‘yini bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston havaskorlar terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda Anhor.uz. O‘zbekiston professionallar terma jamoasi esa beshinchi o‘rinnni egallagan.
Bu yilgi chempionat Turkiyaning Side shahrida 12 mamlakat jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi. Joriy chempionat ikki yo‘nalish bo‘yicha tashkillashtirilidi: havaskorlar va professionallar o‘rtasida. Dmitriy Vagapov, Azizbek Yusufov, Yevgeniy Kalyukov, Aleksey Kartsevich, Usmon Sharifxo‘jayev va Vadim Ulitchevdan iborat O‘zbekiston terma jamoasi havaskorlar o‘rtasida kumush medallarni qo‘lga kiritdi, oltin medallar Rossiya terma jamoasiga nasib etdi. Breyn-ring bahslarida ham vakillarimiz ikkinchi bo‘ldi.
Musobaqaning ikkinchi qismida professionallar bellashdi. Dmitriy Vagapov, Aleksandr Druz, Yevgeniy Kalyukov, Usmon Sharifxo‘jayev, Aleks Levitas va Aleksey Katsevichdan iborat “Sonet” jamoasi O‘zbekiston sharafini himoya qildi va yakunda beshinchi o‘rinni egalladi.