Mexikoda bo‘lib o‘tgan retro avtomobillar paradi Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritildi — shahar markazidan 1700 dan ortiq eski mashinalar yurib o‘tdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Shahar rahbariyati Mexikoning bosh ko‘chasi −Paseo-de-la-Reformani vaqtinchalik yopib qo‘ygan. Meksika turizm vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, retro avtomobillarni tomosha qilish uchun 250 mingdan ortiq odam tashrif buyurgan.
Ginnesning Rekordlar kitobiga ushbu tadbir bunday paradlarning eng yirigi sifatida kiritilgan. Bundan avvalgi rekord Gollandiyaning Zandvort shahrida o‘tkazilgan paradga tegishli bo‘lib, unda 948 mashina qatnashgan.
Izoh (0)