Incheondagi Osiyo o‘yinlarining so‘nggi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi karate musobaqalari bo‘yicha medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekistonlik karatechi Shahboz Axatov saralashda suriyalik Rafat Al Sheixni mag‘lub etdi. Bronza medal uchun bahsda esa indoneziyalik Salim Xendroni 10:3 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa, Shahboz Axatov O‘zbekiston hisobiga 21-bronza medalni keltirdi.
O‘zbekiston terma jamoasi hozirda to‘qqizta oltin, 14 ta kumum va 21 ta bronza — jami 44 ta medal bilan 11-o‘rinni egallagan.
Izoh (0)