Ebola virusi keltirib chiqargan kasallik epidemiyasiga tezkorlik bilan e’tibor qaratish bo‘yicha BMT missiyasi mazkur virus qiyofasining o‘zgarib, havo-tomchi yo‘li bilan yuqa boshlagani haqidagi xabarni rad etdi. Missiya bayonotida qayd etilishicha, mutaxassislarda bu raddiya bilan bog‘liq dalillar mavjud, deb xabar beradi “TASS”.
“OAVlari tomonidan tarqatilgan yolg‘on ma’lumotlar tufayli tezkorlik bilan e’tibor qaratish bo‘yicha BMT missiyasi Ebola virusi havo-tomchi yo‘li bilan o‘tmasligini ma’lum qiladi. Ayni damda bizda Ebolaning o‘zgarishi bilan bog‘liq dalillar yo‘q. Ebola virusi faqatgina fiziologik suyuqliklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga kirishganda birovga yuqadi”, — deyiladi Akkra (Gana)da tarqatilgan bayonotda.
BMTda viruslar o‘zgarish imkoniyatiga ega ekanligi tan olindi. Biroq bu “vaqt oluvchi qiyin jarayon” ekanligi qayd etildi. Missiya Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalarini keltirib, Ebola virusini yuqtirgan odamlarning fiziologik suyuqliklariga, shuningdek, ifloslangan yuza va matolar, masalan, choyshab yoki kiyimlarga yaqinlashmaslik kerakligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq olimlar oldida Ebola bilan bog‘liq yangi xavotir paydo bo‘lgani, ya’ni ular virusning nafaqat bemorlar qoni va so‘lagi orqali, balki havo-tomchi yo‘li bilan ham o‘tishi mumkinligidan xavfsirayotgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)