Xitoyda iPhone 6 smartfonlarining sotuvi 17-oktabrdan, ularni buyurtma qilish esa 10-oktabrdan boshlanishiga qaramasdan, 1-oktabr kuni mamlakatning China Mobile, China Unicom va China Telecom operatorlari yangi Apple smartfonlari uchun olti soat davomida buyurtma qabul qilgan. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu uch kompaniya Xitoyning mobil qurilmalar bozorini nazorat qiluvchi operatorlar hisoblanadi. Xitoyliklar ular orqali olti soat davomida 2 million dona iPhone 6 smartfonlarini buyurtma qilgan.
Bu juda katta raqam, chunki Apple to‘qqizta davlatda iPhone 6 uchun buyurtma qabul qilishni boshlaganidan so‘ng, ilk 24 soat ichida 4 million dona iPhone 6 smartfonlari sotilgan edi. Ammo Xitoyda 1,2 milliard mobil qurilma foydalanuvchisi borligi va ushbu mamlakatda katta displeyli mobil qurilmalar uchun talab kattaligi inobatga olinsa, bu raqamlarga ishonish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Apple 4,7 dyuymli iPhone 6 va 5,5 dyuymli iPhone 6 Plus smartfonlarini ishlab chiqargan edi. Ushbu smartfonlarning eng qimmati O‘zbekistonda 5 million so‘mdan sotilmoqda.
Izoh (0)