Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an internetdan har kuni foydalanishni qoralab chiqdi. Bu haqda Independent nashriga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
“Internetdan har kuni foydalanishga nisbatan qarshiligim borgan sari ortib bormoqda”, — dedi Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidenti bu haqda Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPI) va Xalqaro matbuot instituti (IPI) vakillari bilan uchrashuvi vaqtida aytib o‘tgan.
2014-yil martida Erdo‘g‘an, o‘sha vaqtda mamlakat bosh vaziri sifatida, Turkiyada Facebook va YouTube’ga blok qo‘yilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Qayd etish joiz, YouTube videoxizmati, unda Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturkni haqorat qiluvchi rolik e’lon qilingani sabab, 2007—2010-yillar davomida Turkiyada blok qilingan edi.
Izoh (0)