Rossiyaning Tula shahri markaziy qismidagi maktablardan birida 14 yoshli o‘quvchi qiz mast holatda bezorilik uyushtirdi, deb xabar bermoqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Alkogol ta’sirida bo‘lgan qiz ta’lim binosining 18 ta deraza oynalarini sindirib, kirish eshigiga ham zarar yetkazgan. Aybdor bu ishni qasddan qilganini tan olgan. Lekin u nima sababdan aynan shu maktabni tanlagani ma’lum emas, chunki o‘zi boshqa maktab o‘quvchisi hisoblanadi.
Hozirda politsiya xodimlari yetkazilgan zararni hisoblab chiqmoqda. “Birovning mulkini qasddan yo‘q qilish yoki zarar yetkazish” aybi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. O‘smirning onasi esa “voyaga yetmaganlarni tarbiya qilish majburiyatini bajarmagani uchun” ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Izoh (0)