“Krasnodar” yarim himoyachisi Odil Ahmedov Yevropa ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi “Everton”ga (1:1) qarshi o‘yin haqida “NTV-Plyus Futbol” kanaliga intervyu berdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Odil Ahmedov uchrashuvda qayd etilgan durang omadsizlikmi yoki yaxshi natijami, degan savolga natija deb javob berish adolatli bo‘lishini aytdi. “Biz yaxshi jamoa bilan o‘ynadik. Hisob 1:0 bo‘lib turgan vaqtda bizda imkoniyatlar bo‘ldi. O‘sha vaqt gol urganimizda, balki g‘alaba qozongan bo‘lar edik. Biroq Yevropa ligasida bunday raqib bilan durang o‘ynash — yaxshi natija”, — dedi futbolchi.
Shuningdek, u ikkinchi bo‘limning o‘rtasida “Everton” bosimni oshirgani haqida fikr bildirar ekan, “Albatta, 1:0 hisobida biz ortda ishonchliroq o‘ynashga intildik, sababi ular ko‘plab hujum amalga oshirdi. Agarda ular g‘alaba qozonayotgan bo‘lgan taqdirlarida ham shunday o‘ynagan bo‘lar edik. Jismonan bizga birozgina kuch yetishmadi, shu sabab raqib bizni o‘z darvozamizga qamal qildi”, — deb ta’kidladi.
Izoh (0)