“Barselona” hujumchisi Lionel Messi yana bir bora Kataloniya klubini tark etish istagida emasligini bildirdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
“Boshqa jamoaga o‘tish borasida o‘ylab ham ko‘rmaganman, barcha fikrim faqat ‘Barselona’ bilan bog‘langan. Biz hamkorlikning muddati cho‘zilishi borasida tezda kelishib oldik, bu borada menda bir tomchi ham shubha yo‘q edi.
Mening futbol tarixidagi o‘rnim? Men qaysi o‘rinda ekanligimni bilmadim, biroq o‘sishda va sovrinlar qo‘lga kiritishga harakat qilishda davom etaman”, — dedi Messi.
Shuningdek, futbolchi jamoadoshi Neymar haqida fikr bildirar ekan, “Uning iqtidori va saviyasidan kelib chiqsak, u kuni kelib eng yaxshi futbolchiga aylanadi”, — deb ta’kidladi.
Izoh (0)