Germaniyaning Berlin va Gollandiyaning Groningen shaharlarida iPhone 6 Plus smartfonining bukiluvchanligi tasvirlangan rekalama bannerlari paydo bo‘ldi. Bu haqda The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
O‘quvchilar ushbu reklama bannerlari haqiqiy ekanligini tasdiqlagan. Texnik muammolar sabab, bu reklama bannerlari yangi iPhone 6 smartfonlarining oson bukiluvchan ekanligini tasvirlaydigan bo‘lib qolgan.
Nashrning yozishicha, rekalama bannerlari ba’zan katta bo‘ladi va ular bizning kichik sayyoramizga sig‘may qolishi mumkin. Buning natijasida esa, ular reklama qilinayotgan mahsulotning asl xususiyatlarini ta’riflaydigan bo‘lib qoladi :)
Eslatib o‘tamiz, yangi iPhone 6 Plus planshetofoni qo‘l bilan oson buklangan edi. Shuningdek, 15 yoshli maktab o‘quvchilari ham Apple’ning rasmiy do‘konida yangi iPhone 6 Plus’ni buklab, videoga olib, uni YouTube’ga joylashgan va kulgu hamda haqoratlarga uchrashgan edi. Shuningdek, ko‘pchilik kompaniyalar Apple’ning yangi smartfoni oson bukiluvchan ekanligini masxara qilgan.
Izoh (0)