Bugun Incheonda davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining karate musobaqasi boshlandi. 75 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi G‘ofurjon Zohidov dastlab nimchorak finalda eronlik Sefatazgomi Xassanipurga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Raqibi finalga yo‘l olgani sababli O‘zbekiston vakili musobaqaning bronza medali uchun kurashni davom ettirish huquqiga ega bo‘ldi. Saralashda vyetnamlik Xo Din Txuanni 5:3 hisobida mag‘lub etgan G‘ofurjon bronza medal uchun jangda Saudiya Arabistoni vakili Badr Al Otaibini 8:0 hisobida taslim etdi.
Shu tariqa, Zohidov O‘zbekiston hisobiga 36-medalni qo‘shib qo‘ydi. Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi hisobida sakkizta oltin, 11 ta kumush va 17 ta bronza medal bor. O‘zbekiston umumiy reytingda 10-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)