O‘zbekiston ishtirokida kunning uchinchi chiqishida Oybek Mamazulunov ring egasi Kim Xyong Yuga qarshi jang olib bordi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Uch raundning barida koreys bokschisini ketma-ket zarbalari bilan “yorib yubor”gan Oybek yakunda sirli ravishda mag‘lubiyatga uchradi. Bo‘y jihatdan raqibidan past bo‘lsa-da, past va yuqori zarbalari bilan Kim Xyongni faqat himoyalanishga majbur qildi. Buni tezda payqagan referi ikki marotaba xato zarba berayotgan degan fikrda Oybekka ogohlantirish berdi.
Bu esa baho qo‘yib o‘tiruvchi hakamlarga qo‘l keldi. Uchinchi raund so‘nggida koreyalik bokschining boshi g‘urraga to‘lib ketdi.
Yakunda suxandon ring egasini 29-28, 29-28, 29-28 hisobida g‘alaba qozonganligini aytganida, zalga yig‘ilgan barchaning noroziligiga uchradi. Ringni tark etish oldidan Kim Xyong Oybekni qo‘lini ko‘tarib qo‘ydi. Bokschini o‘zi tan olgan natijani ko‘zi ko‘r hakamlar e’tibordan chetda qoldirdi.
Bahsga quyidagi hakamlar baho berdi:
- Del Puetro Trueta (Kuba)
- Xerardo Poggi (Argentina)
- Sidi Yoqub Hammadi (Jazoir)
- Maykl Gallaxer (Irlandiya)
- Mariush Gorni (Polsha)
Izoh (0)