Futbol bo‘yicha 1990-yilgi jahon chempionati finalida Germaniya Federativ Respublikasi terma jamoasiga g‘alaba keltirgan so‘nggi penalti muallifi Andreas Breme biznesda muvaffaqiyatsizlikka uchragan va endi hojatxona tozalovchisi bo‘lib ishlashiga to‘g‘ri kelishi mumkin, deb xabar berdi “Segodnya”.
Deutsche Welle bergan xabarga ko‘ra, 53 yoshli sobiq himoyachi 200 ming yevro miqdorida qarzga botib qolgan, natijada u o‘zining uyidan ayrilishi mumkin. Italiyadagi jahon chempionatida Bundestimni g‘alaba sari boshlab borgan mashhur nemis futbolchisi va murabbiyi Frans Bekkenbauer futbol jamoatchiligini Bremega yordam qo‘lini cho‘zishga chaqirgan. Hozircha bu chaqiriqqa faqatgina “Nyurnberg” va “Gamburg” klublarining sobiq yarim himoyachisi Oliver Shtraube javob qaytargan.
“Biz Bremega o‘z kompaniyamizda farrosh bo‘lib ishlashni taklif qilamiz. U bizda hojatxonalar va hovuzlarni tozalash ishlari bilan tanishishi mumkin. U ish nimaligini tushunib, o‘z imijini ham yaxshilab olishi mumkin. Bu unga foydali bo‘ladi”, − dedi Shtraube.
Izoh (0)