Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining doimiy vakillari Rossiyaga qarshi sanksiyalar paketini o‘zgarishsiz qoldirdi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
“Biz status-kvoni saqlab qolamiz”, − dedi amaldorlardan biri. Muhokamalarda asosiy e’tibor o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risididagi shartnoma va tinchlik rejasining ijro etilishini baholashga qaratilgani aytilmoqda.
“Hozirgi vaziyatni inobatga olib, hech kim hattoki sanksiyalarni bekor qilish ehtimolini yodga ham olmadi”, − dedi boshqa bir amaldor. Avvalroq Rossiya Ukrainadagi vaziyatni yumshatishga harakat qilgan taqdirda sanksiyalar bekor qilinishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)