2013-yilda tarixda ilk marta homiladorlik va tug‘ish natijasida yiliga 300 mingdan kam ayol halok bo‘ldi. BMTning ushbu ma’lumotlarini Yekaterinburgda ochilgan Reproduktiv tibbiyotni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davomida Butunjahon va Yevropa akusher-ginekologlar uyushmasi a’zosi Viktor Radzinskiy ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “ITAR-TASS”.
“Bunaqasi insoniyat tarixi davomida hali kuzatilmagan. Yerning yeti milliardinchi odami ham birinchi marta tug‘ilishning ko‘payishi emas, balki bolalar o‘limining kamayishi natijasida dunyoga kelgani ham e’tiborga sazovor”, − dedi Radzinskiy.
Olimning fikricha, millatning reproduktiv salohiyatini oshirish zahiralaridan biri ayollar biomaterialni yoshlikda saqlab qolishi bo‘lishi mumkin. Kattaroq yoshga yetganda ayol sog‘lom bolalarni tarbiyalashga tayyor bo‘ladi, deb hisoblaydi Radzinskiy.
Izoh (0)