Rossiya va Qozog‘iston vakillari ikki davlat hukumatlari o‘rtasidagi Qozog‘iston Respublikasi hududida atom elektr stansiyasini qurish uchun hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma loyihasini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Marosim Atirau shahrida tashkillashtirilgan Rossiya-Qozog‘iston mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Kurchatov shahrida AES qurish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi joriy yilning may oyi oxirida imzolangan edi. Loyiha 300 dan 1200 megavattgacha quvvatga ega reaktorlar bilan ta’minlanadigan stansiya qurishni ko‘zda tutadi.
Hujjatda AESni yadro yoqilg‘isi bilan ta’minlash va yoqilg‘ini yoki uning tarkibiy qismlarini Qozog‘iston Respublikasi hududida tomonlarning hamkorligida ishlab chiqarish ehtimoli aytib o‘tilgan. Avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov shartnomaning imzolanishi joriy yilning oxirigacha bo‘lgan muddatda rejalashtirilayotganini ta’kidlagan edi.
Izoh (0)