Yangi mavsumda “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda Ispaniya chempionatidagi 10-golini kiritdi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Shu tariqa portugaliyalik futbolchi Primera tarixidagi 60 yillik rekordni takrorladi. 1954/55-yilgi mavsumda “Deportivo” klubi hujumchisi Painyo mavsum boshidagi olti o‘yinda 10 ta gol kiritgandi.
Shu bilan birga, Ronaldu yangi mavsumda Primeradagi beshta o‘yinda ishtirok etganini ham inobatga olish kerak.
Izoh (0)