Hozirda iOS’ning ikki hafta avval foydalanishga topshirilgan sakkizinchi versiyasida 50 foiz iOS qurilmalari ishlamoqda. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Shuningdek, foydalanishga topshirilganiga deyarli bir yil bo‘lgan Android operatsion tizimining so‘nggi versiyasi — KitKat’da Android qurilmalarning 25 foizi ishlamoqda. Windows Phone operatsion tizimining ikki oy oldin taqdim etilgan WP 8.1 versiyasidan foydalanuvchilar esa 39,1 foizni tashkil etmoqda.
Windows Phone operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalarning 45,7 foizida WP 8.0 versiyasi o‘rnatilgan bo‘lsa, hayratlanarli yoki xafa qiladigan ko‘rsatkich esa, ushbu operatsion tizim qurilmalarining 15,2 foizi hali ham Windows Phone 7 versiyasida ishlayotganidir.
Bugungi kunda dunyodagi eng ko‘p foydalanilayotgan Windows Phone qurilmasi bu Nokia Lumia 520 smartfoni bo‘lib, undan barcha Windows Phone foydalanuvchilarining 30,6 foizi foydalanmoqda.
Izoh (0)