O‘zbekistonlik taekvondochilar Osiyo o‘yinlarida o‘zlarining dastlabki medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Nikita Rafalovich (74 kilogramm) finalda eronlik Mas’ud Hojizavara bilan jang olib borib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bahsning uch bo‘limdan iborat asosiy qismida 2:2 hisobidagi durang qayd etildi.
Qo‘shimcha to‘rtinchi bo‘limda esa eronlik taekvondochi bir ochkoni qo‘lga kiritdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)