Hozirgina Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan 17-Osiyo o‘yinlarining erkin kurash musobaqasi 86 kilogramm vazn toifasida bronza medal uchun gilamga chiqqan o‘zbekistonlik Umidjon Ismanov zafar quchdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi tojikistonlik kurashchi Bahodir Qodirovni 4:1 hisobida dog‘da qoldirdi. Bu O‘zbekiston terma jamoasining 13-bronza medali bo‘ldi.
Ta’kidlash joiz, Ismanov nimchorak finalda qozog‘istonlik Yesbo‘lat Nurjumbayevga yutqazib qo‘ygandi. Yesbo‘lat finalga qadar yetib borgani uchun Umidjon o‘tish turnirida ishtirok etdi va pokistonlik Muhammad Inamni yengdi.
Izoh (0)