AQSh prezidenti Barak Obama CBS telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning Ukrainaga gaz yetkazib berishni qayta tiklashiga amin ekanligini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
“Kelishuv bo‘lgan va unga ko‘ra, Rossiya avvalgidek Ukrainaga gaz sotaveradi. Shunday ekan, ukrainaliklar bu qishda muzlab qolishmaydi”, − dedi Obama.
Avvalroq Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak Ukraina Berlindagi kelishuvlarning barchasini qabul qilsa, “Gazprom” oldindan to‘lash sharti bilan Ukrainaga 5 milliard kub metr gaz yetkazib berishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)