“Rosnano” infratuzilma va ta’lim dasturlari jamg’armasi “Gazprom”ning strategik sherigi − O‘zbekistonning yetakchi neft qazib chiqaruvchi kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” bilan hamkorlikni boshladi. Bu haqda jamg‘arma matbuot xizmatiga tayanib UzDaily xabar bermoqda.
Ikkala tomon vakillari o‘rtasida Toshkentda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda o‘zbek xoldingi “Rosnano”ning O‘zbekiston neft va gaz sohalariga Rossiya nanotexnologiya mahsulotlarini kiritish bo‘yicha takliflari bilan tanishgan. Jumladan, tadbirda ekologik va sanoat xavfsizligi, energiyani tejash va undan samarali foydalanish, obyektlar perimetrlari xavfsizligi va resurslar bilan ta’minlash sohalaridagi yangiliklar taqdim qilindi.
Rossiya va neft va gaz sohalarida muvaffaqiyqt bilan qo‘llanib kelinayotgan mahsulotlar – havodan texnik gaz olish va neft yo‘lidagi gazni utilizatsiya qilish bo‘yicha qo‘llanmalar, neftni qayta ishlash zavodlarida turli maqsadlar uchun foydalaniladigan suvni tozalash tizimlariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida “O‘zbekneftgaz” xodimlarining o‘zlarini qiziqtirgan Rossiya nanotexnologiya mahsulotlarini ko‘rish uchun tashriflar uyushtirishga kelishib olindi.
Izoh (0)