AQShning Oklaxoma shtatida ishdan bo‘shatilgan erkak ish joyining o‘zida ayol kishining boshini tanasidan judo qilganlikda ayblanmoqda. Bu haqda CNN’ga tayanib Gazeta.ru xabar berdi.
Voqea Oklaxoma-siti yaqinidagi sexlardan birida bo‘lib o‘tgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, avvalroq erkak o‘z hamkasblarini Islomni qabul qilishga undagan.Shuningdek, ayblanuvchi pichoq bilan jarohat yetkazgan yana bir odam shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda.
Izoh (0)