2014-yilning 26-sentabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi o‘rinbosari Uendi Sherman bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati.
Uchrashuvda tomonlar 2013-yil noyabrida Vashington shahrida O‘zbekiston — AQSH siyosiy maslahatlashuvlarining to‘rtinchi raundi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini ko‘rib chiqib, maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish yuzasidan takliflarni muhokama qildi.
Shuningdek, suhbatdoshlar ikki tomon kun tartibining boshqa masalalari, dolzarb xalqaro va mintaqa muammolari yuzasidan fikr almashdi.
Izoh (0)