“Manchester Yunayted” Ronalduni qaytarmoqchi bo‘lsa, 180 million yevro to‘lashi lozim bo‘ladi, deb xabar bermoqda Uff.uz The Guardian nashri ma’lumotiga tayanib.
The Guardian tomonidan ta’kidlanishicha, “Qirollik klubi” ham, o‘z navbatida, shuncha mablag‘ evaziga Ronalduni sotishga qarshi emas. Portugaliya terma jamoasi hujumchisi “Manchester Yunayted”ga qaytsa, haftasiga 500 ming yevro maosh olishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” hujumchisi “Manchester Yunayted”ga qaytishni istayotganini ma’lum qildi. Keyinroq turli nashrlarda Ronalduni jamoa tarkibida olib qolish uchun “Qirollik klubi” qancha pul kerak bo‘lsa, shuncha sarflashga tayyorligi haqida xabar tarqaldi.
Izoh (0)