“Barselona” yarim himoyachisi Andres Inyesta, “Malaga” klubiga qarshi 5-tur o‘yinidan so‘ng (0:0), uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
“Biz o‘yin tizginini o‘z qo‘limizga olib, ko‘proq hujum qilishga va gol urishga intildik. Natija doim harakatga bog‘liq. Ochig‘i, 9-10 kishi bo‘lib faqat himoyalanadigan jamoaga qarshi o‘ynash doimo qiyin.
‘Malaga’ bugungi natijaga haqli edi. Bizga esa ko‘p vaziyatlarda hujumlarni yakunlash uchun tezlik va aniqlik yetishmadi”, — dedi Inyesta.