Incheon shahrida davom etayotgan 17-Osiyo o‘yinlarining tennis musobaqasida ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari start oldi. O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Oqgul Omonmurodova o‘z ishtirokini ikkinchi davradan boshladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Oqgul bu bosqichda kambodjalik Andrea Daravini ikki setda ham bir xil — 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv roppa-rosa bir soat davom etdi.
Endi Omonmurodova uchinchi davra bahsini 26-sentabr kuni o‘tkazadi.
Izoh (0)