Hindiston shimolida zich to‘lgan avtobusda gaz balloni portlashi natijasida 11 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq odam esa jarohat oldi. Bu haqda politsiya ma’lumotlari asosida “Sinxua” agentligi bergan xabarga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Baxtsiz hodisa seshanba kuni Uttar-Pradesh shtatidagi Bulandshaxr okrugida sodir bo‘lgan. Mahalliy politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus yo‘lovchilaridan biri o‘zi bilan gaz to‘ldirilgan ballon olib ketayotgan bo‘lgan. Noma’lum sababga ko‘ra ballonda alanga paydo bo‘lgan va bu portlashga olib kelgan.
O‘z navbatida Indian Express gazetasining xabar berishicha, avtobus haddan tashqari to‘lgan va odamlar hattoki transport vositasining tomida ham joylashib ketayotgan bo‘lgan. Jarohatlanganlarning aksariyati turli darajadagi kuyishdan aziyat chekayotgani aytilmoqda.
Izoh (0)