Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Rossiyaning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun mamlakat siyosiy tuzumini o‘zgartirish zarurligini aytib o‘tdi. Bu haqda partiya matbuot xizmatiga tayanib Segodnya.ua nashri xabar bermoqda.
“Men Romanovlar sulolasi vorisini izlash kerak demayman. Imperatorni, shohni 10 yilga saylashimiz mumkin va uni har 10 yilda almashtirib turamiz. Bu ham demokratiyaning bir varianti bo‘ladi, lekin butun hokimiyat shohning qo‘lida bo‘lishi kerak”, – dedi Jirinovskiy.
Shuningdek, siyosatchi Rossiya “barcha pozitsiyalarda qattiq yo‘nalishdan borishi” kerakligini ta’kidlab, mamlakatda “aksiloligarx inqilob” sari harakatlanish lozimligini ta'kidlagan.
Bundan avval ham Vladimir Jirinovskiy Rossiyada siyosiy tuzumni monarxiyaga o‘zgartirish borasida bir necha bora takliflar bildirgan va hattoki mamlakatning amaldagi Prezidenti Vladimir Putinni “oliy hukmdor” deb e'lon qilishni ham taklif qilgan edi.
Izoh (0)