Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko ukrain telekanallari jurnalistlariga bergan intervyusida mamlakat sharqidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish masalalari, Minskdagi kelishuvlarning ahamiyati va AQSh safari yakunlari to‘g‘risida so‘zladi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
“Shun ta'kidlashni istardimki, Donetsk va Lugansk shaharlaridagi urushlarda faqat harbiy yo‘llar bilangina g‘alabaga erishib bo‘lmaydi. U yerda Ukraina armiyasining brigada va batalonlari ko‘paygani sari Rossiya Federatsiyasining ham qo‘shinlari soni oshib boraveradi”, - dedi Poroshenko.
Ukraina Prezidentining ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat janubi-sharqidagi janglarda 65% harbiy texnika yo‘q qilingan. O‘z navbatida, Moskva Ukrainadagi mojarolarda Rossiya qo‘shinlarining ishtirokini qat’iyan inkor etib kelmoqda.
Izoh (0)