Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahridagi hayvonot bog‘ida oq yo‘lbars o‘ziga tosh otgan o‘spirin yigitni bo‘g‘izlab tashladi. Bu haqda NDTV telekanaliga asoslanib "RIA Novosti" xabar bermoqda.
“Yigit tosh otishni boshlagandan keyingina yo‘lbars unga hujum qildi. U qochishga urinib ko‘rdi, lekin yo‘lbars unga tashlandi va bo‘ynidan oldi. Shundan keyin u o‘spirinni yiqitib, bo‘g‘izlab tashladi” — dedi ushbu fojeaga guvoh bo‘lgan Bittu ismli hayvonot bog‘i mijozlaridan biri.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, 12-sinf o‘quvchisi bo‘lgan 17—18 yoshlardagi o‘spirin hayvonot bog‘iga yolg‘iz borgan. U sirpanib yo‘lbarsga qo‘shni bo‘lgan qafasga tushib ketgan, u yerga esa yirtqichning kirish imkoniyati bo‘lgan. Yigit nima uchun yo‘lbarsga tosh otishni boshlagani ma’lum emas.
Hayvonot bog‘i qo‘riqchilari voqea joyiga 7 daqiqadan keyingina yetib kelgan. Afsuski, bu vaqtda bolani qutqarish uchun juda kech edi. Hozirda voqea joyida politsiya tafsilotlarni aniqlashtirmoqda.
Izoh (0)