5,1 millimetr qalinlikka ega Gionee Elife S5.1 dunyodagi eng ingichka smartfon sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda Mail.Ru sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu smartfon sentabr boshida taqdim etilgani va Gionee kompaniyasi ingichka smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zining avvalgi rekordini yangilagani haqida xabar berilgan edi.
Unda 4,8 dyuymli AMOLED displey, 5 megapikselli old va 8 megapikselli orqa kamera, 1,2 GGs chastotaga ega Snapdragon 400 protsessori, 1 Gb tezkor va kengaytirib bo‘lmaydigan 16 Gb ichki xotira, 2100 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan. Smartfon Android 4.3 opertsion tizimida ishlaydi.
Gionee Elife S5.1 smartfoni Xitoyda 325 dollardan sotilmoqda. Uning suratlarini ushbu fotojamlanmada tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh (0)