Olimlar Ebola epidemiyasining so‘nggi paytlar kuchsizlanganiga qaramay hali uzoq yillar davomida G‘arbiy Afrika aholisi orasida qolib, yanada xavfli mutatsiyalarni keltirib chiqarishini taxmin qilmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 60 nafar eksperti New England Journal of Medecine'ga taqdim etgan tadqiqotlariga asoslanib Los Angeles Times' xabar bermoqda.
Agar keskin choralar ko‘rilmasa, noyabr oyi boshiga kelib Ebola bilan kasallanganlar soni 20 mingdan oshib ketishi mumkin. So‘nggi oylarda epidemiya natijasida halok bo‘lganlar soni haftasiga yuzlab-minglab odamlarga yetmoqda. Tadqiqot mualliflarining fikrlariga ko‘ra, asl raqamlar BMT statistikasidan bir necha marta ko‘p.
Virus hozirgi kabi katta bo‘lmagan tezlikda rivojlanganda tobora ko‘proq odamlar unga nisbatan immunitet hosil qiladi va xavf kamayadi: kasallanganlar soni qisqaradi va vaqt o‘tishi bilan virus butunlay odamlarni tark etadi va faqat tabiiy rezervuarlardagina saqlanib qoladi (Ebola uchun bunday vazifani asosan ko‘rshapalaklar bajaradi). Ammo hozirda virus alohida inson aholisi guruhlarida saqlanib, rivojlanish xavfi ostida turibdi.
Tadqiqotchilar epidemiya o‘zi samarasi past darajada bo‘lgan sog‘liqni saqlah tizimining inqiroziga olib kelganini aytishmoqda. G‘arbiy Afrikani boshqa xavfli kasalliklarda ham o‘lim darajasining oshishi va umuman barcha jamoatchilik institutlarida inqirozlar kutayotgani aytilmoqda.
Izoh (0)